Yangi Toshkent uchun yana 122 gektar yer ajratildi

Yangi Toshkent uchun yana 122 gektar yer ajratildi

18.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Yangi Toshkent

Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Toshkent viloyatidan yana 122,3 gektar yer ajratildi.

Viloyat hokimining 14-martdagi tegishli qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidagi “Bordonko‘l” hududidan 75,22 gektar“Do‘stlik” hududidan esa 47,1 gektar yer “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

2024-yilning oktyabrida Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berilgandi. Tumanning “O‘zbekiston”, “Guliston”, “Istiqlol” mahallalaridagi hududlar Yangi Toshkent shahri hududiga o‘tkazilgandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, shu kunga qadar jami 2 200 gektardan ortiq yer maydonlari “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan.