TEMU marketpleysi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
"TEMU marketpleysi O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Biroq, o‘tgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda.
Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi", deyiladi Qo‘mita xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Davlat Soliq qoʻmitasi tomonidan 2025-yil 20-martdan boshlab “TEMU” platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanishi haqida xabar berilgan edi.