foto:inosmi.ru
2025-yil 17 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Koreya Respublikasining Ulsan shahar meri Kim Du Gom boshchiligidagi delegatsiya uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda kadrlar salohiyatini rivojlantirish va O‘zbekistondan ishchi kuchini Ulsandagi yirik sanoat obyektlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Kim Du Gom O‘zbekiston fuqarolari uchun ilk bor shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan mehnat vizalarini berish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Ulsan hokimiyati o‘zbek fuqarolariga kasbiy tayyorgarlik va til kurslarini tugatgach, vizalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu pilot loyiha sifatida amalga oshiriladi va muvaffaqiyatli bo‘lsa, boshqa shaharlarda ham joriy etilishi mumkin.
Koreya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini Ulsan korxonalarida oilalari bilan ishga joylashtirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida ishchi kuchini jalb etishga oid kelishuvlarga erishildi.