Uzum Market bozorda ustun mavqega ega deb topildi

Uzum Market bozorda ustun mavqega ega deb topildi

19.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

uzum market

foto:afisha

Raqobat qo‘mitasi Uzum Market onlayn do‘koni ustun mavqega ega deb topilganini e’lon qildi

 Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi tegishli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda raqamli platforma operatorini ustun mavqega ega deb e’tirof etishning mezonlari belgilangan.

Ushbu qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida «UZUM MARKET» MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi.