Prezident YI ning xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi.

Prezident YI ning xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissarini qabul qildi.

19.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

w1-v_iZxGB2

Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

O‘zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Suhbat avvalida Yevropa ittifoqining yuqori darajali vakili davlat rahbariga Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshtaning salomi va tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimning tez fursatda imzolanishi ham bunga xizmat qiladi. Transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

O‘ta muhim mineral resurslarni qayta ishlash sohasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — YI” birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish va o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.