Qo‘shtepa tumanida 440,6 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Qo‘shtepa tumanida 440,6 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

20.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.A. boshqaruvidagi “Hyundai Code” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan “Esse change” va “Milano London”  nomli jami 27 500 quti umumiy bahosi 440,6 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Farg‘ona tumanida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy  dalil  sifatida  olingan.

photo_2025-03-18_10-08-09

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi  (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.