Toshkent metropoliteni TTZ dahasigacha uzaytiriladi

Toshkent metropoliteni TTZ dahasigacha uzaytiriladi

22.03.2025 00:00 O'zbekiston 6

metro.pik

Toshkent metropolitenida TTZ dahasigacha yo‘l tortilib, 10 ta bekat quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv vaqtida ma’lum qildi.

Tashrif davomida Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalari ham ko‘rib chiqilgan. Ma’lumki, Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Prezident avval taqdim qilingan loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, boshqa muqobil takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq tayyorlangan yangi loyihaga ko‘ra, metropolitenning Chilonzor yo‘nalishi Toshkent traktor zavodi dahasigacha uzaytirilib, yana 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.