Oʻzbekistonda hafta yomgʻirli oʻtishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda hafta yomgʻirli oʻtishi kutilmoqda

24.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Oʻzbekistonda ish haftasi davomida yomgʻirli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

281ce534413b6f3b1f4986fc858f283b0324

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Qayd etilishicha, respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, faqat 26—28-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam.

Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari 4-6 daraja iliqni, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin), 24—25-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 24—25-mart kunlari mazkur hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.