Toshkent shahar IIBB haydovchilarni ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB haydovchilarni ogohlantirdi

24.03.2025 00:00 O'zbekiston 7

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi haydovchilarga avtomobil boshqarish davomida ob-havo sharoitini inobatga olishni soʻrab, murojaat yo‘lladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

photo_2025-03-23_10-06-37

Unda aytilishicha, kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida yoʻllarda namgarchilik ortadi, natijada avtomobilning toʻxtashi qiyinlashib, yoʻl-transport hodisalariga uchrash ehtimoli oshadi.

“Hurmatli haydovchilar, yomgʻir yogʻayotganda yoʻldagi sharoit sezilarli darajada yomonlashadi. Ob-havo oʻzgarganda koʻnikib qolgan tezligingizni pasaytiring”, — deyiladi boshqarma murojaatida.