Farg‘ona viloyatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga olib ketilayotgan 1 740 litr etil spirti to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga olib ketilayotgan 1 740 litr etil spirti to‘xtatib qolindi

24.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda spirt mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro T.O. “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasida 87 dona polietilen idishlarda jami 1 740 litr etil spirtini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sotish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlanib, T.O.ning yaqin qarindoshi A.R.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda spirt qoldiqlari bo‘lgan sig‘imi 1 tonnalik 2 dona idish, 20 litr spirt, aroq mahsulotlarini qadoqlashda foydalaniladigan qopqoqlar va boshqa yashirin ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

photo_2025-03-19_15-11-29

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.