30 mart Hayit bo‘lishi kutilmoqda

30 mart Hayit bo‘lishi kutilmoqda

26.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

2016-xayit-11

foto:kun.uz

Tojikistonda Din va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi, katta ehtimol bilan mamlakatda Ramazon oyi 29 kun davom etishi hamda 30 mart kuni Hayit nishonlanishini bildirdi. Shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘iston diniy idoralari ham Ramazon hayiti 30 martga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, mamlakatda bu masalada kuzatish va o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Tojikistonda katta ehtimol bilan Ramazon oyi 29 kun davom etadi hamda 30 mart kuni Ramazon hayiti nishonlanadi. Bu haqda Tojikistonning Din, an’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi xabar bergan.

Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi ham Ramazon oyi 29 martga qadar davom etishini, 30 martda Hayit ayyomi nishonlanishini e’lon qilgan.

Qozog‘istonda 27 fevral kuni Ramazon oyining boshlanishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ushbu mamlakat diniy idorasi vakillari 30 mart kuni Hayit namozi o‘qilishini e’lon qilgan.

O‘zbekistonda bu masalada kuzatish va o‘rganish ishlari davom etmoqda.