Toshkent viloyatidagida bogʻchaning tom qismiga koʻtarma kranning oʻqi (strela) qulab tushdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: Toshkent viloyati MMTB
Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 25-mart kuni taxminan soat 19:10 da Yangiyoʻl shahrining “Baxt” mahallasida joylashgan 5-sonli bolalar bogʻchasida sodir boʻlgan. Oqibatda bogʻcha binosining tom qismi shikastlangan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga yomgʻir sabab boʻlgan.
Voqea joyiga yetib borgan FVV xodimlari kran strelasini demontaj qilish ishlarini amalga oshirgan.
Taʼkidlanishicha, qurilish tashkiloti tomni taʼmirlash ishlariga kirishgan boʻlib, masʼullar uch kun ichida tiklash ishlarini yakunlashga vaʼda bergan.
Hozirda bolalar bogʻchasi faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.