Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.O. va M.A. “Nurafshon” MFY hududida tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etib, tijorat maqsadida elektr va gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 794,8 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.