“Oʻzgidromet” 28-mart kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan bir oz yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda bir oz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Navoiy viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, ayrim joylarda bir oz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.