Prezident YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bilan JST masalalarini muhokama qildi

Prezident YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bilan JST masalalarini muhokama qildi

28.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

815b26cfd53aa63b9262a192b732f613

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlat rahbariga Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekistonning YI institutlari bilan munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni qabul qilish hamda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi masalalari muhokama qilindi.