O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidenti Olmaotaga tashrif buyurdi

29.03.2025 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-mart kuni amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi.

d991903f-9895-976b-abf0-6ee81650ed1e_lists_slider_7986

Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisi tashrifi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi.

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadilar. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.