O‘zbekiston Prezidenti Yevrokengash Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Yevrokengash Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

03.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni kechqurun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab O‘zbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.