Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi

04.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

0d118abd-b39e-e74e-fdce-8269cb8020d6_lists_slider_8016

Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatimizda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.

Ofisning Toshkent shahrida ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda "yashil" iqtisodiyot, innovatsion sanoat va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish imkonini beradi.