O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar

06.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

80448b22-018a-0008-2152-516d521e235c_lists_30134

Davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.