O‘zbekiston va Vetnam vizasiz rejimni joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Vetnam vizasiz rejimni joriy etishni rejalashtirmoqda

09.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

pasport,viza

2025-yil 8-aprel kuni Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalamov O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash doirasida o‘tkazilgan o‘zbek-vetnam ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi davra suhbatida qatnashdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vetnam Milliy majlisi Raisi Chan Txan Man kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

Viza rejimini soddalashtirish hamda O‘zbekiston va Vetnamda o‘tkaziladigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida ishtirok etish orqali ikki mamlakat turizm salohiyatini birgalikda targ‘ib qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Suhbat yakunida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Unda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalamov Vetnam Madaniyat, sport va turizm vaziri o‘rinbosari Fan Tam, shuningdek, Vetnamning “Sovico Group” va “Vietnam Airlines Corporation” kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.