Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1 maydan kWhdan kWhgacha elektr energiyasiga 1000 so‘mdan emas, 800 so‘mdan to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida» 194-son qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga aholi uchun yengillik yaratadigan o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Masalan, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1 apreldan 1 may sanasiga ko‘chirildi.
Qolaversa, 201 kWhdan 1000 kWhgacha bo‘lgan differensiallashgan tarif bo‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Ya’ni 2025 yil 1 maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kWhdan 500 kWhgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kWh uchun 800 so‘mdan to‘laydi (shu paytgacha 201 kWhdan 1000 kWhgacha bo‘lgan qismi uchun 1000 so‘mdan haq to‘langan).
Ta’kidlanishicha, bir oyda o‘rtacha 500 kWh miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025 yilning 1 may sanasiga qadar 360 ming so‘m to‘lardi (200 kWh bazaviy norma uchun 90 ming so‘m, 201 kWhdan 500 kWh uchun 270 ming so‘m). Tarif o‘zgarishlaridan so‘ng bir oyda o‘rtacha 500 kWh tok ishlatadigan xonadon buning uchun 360 ming so‘m to‘laydi (200 kWh bazaviy norma uchun 120 ming so‘m, 201 kWhdan 500 kWh uchun 240 ming so‘m). Ya’ni ular uchun narx oshayotgani yo‘q.
Bundan tashqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 maydan bir marotaba yillik inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilishi belgilanmoqda.