ChatGPT chatboti va DALL-E raqamli tasvirlarni yaratish modeli ishlab chiquvchisi bo‘lgan OpenAI sun’iy intellekt kompaniyasi O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.
«ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) sun’iy intellekt chatboti va DALL-E raqamli tasvirlarni yaratish modeli ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda QQS soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi”, deyiladi inspeksiya xabarida.
Ayni paytda ChatGPT’ning o‘zbekistonliklar uchun 3 xil versiyasi mavjud: bepul, 20 dollarlik Plus va 200 dollarlik Pro. Kompaniyaning rasmiy soliq to‘lovchi sifatida ishlashni boshlashi narxlarga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum.