Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

14.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

O'zbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorlig'ini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

1744613649804_1png

Foto: "Dunyo" AA

Tantanali marosimdan so'ng bo'lib o'tgan muloqot chog'ida O'zbekiston va Bosniya va Gersegovina o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilibdi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Bosniya va Gersegovina yetakchisi Jelka Sviyanovich O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.

Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichiga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ibragimov bungacha O'zbekistonning AvstriyaAlbaniya va Slovakiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida akkreditatsiya qilingan edi. Xususan, diplomat 2023-yil noyabr oyida Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga, 2025-yil yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga va shu yilning mart oyida Slovakiya Prezidenti Peter Pellegriniga o'zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Shuningdek, Baxtiyor Ibragimov 2023-yil oktyabr oyida YEXHT, YUNODC, MAGATE va Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to'g'risidagi shartnoma tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar va BMTning Vena shahridagi boshqa institutlarida mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditatsiyadan o'tgan.