2025-yil 1-2-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar namoyish qilingan an’anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
2025-yilgi ko‘rgazma doirasida yanada keng ko‘lamli ishtirok, tijorat salohiyatiga ega loyihalar va yangi hamkorlik tashabbuslari taqdim etilishi rejalashtirilgan.