Toshkentdagi "UzFood-2025" ko‘rgazmasi 30 mamlakatdan 400 ta kompaniyani birlashtirdi

15.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

ko'rgazma


Toshkentda "UzFood-2025" 24-xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir "O‘zekspomarkaz"da 30 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniyalarni jamlab, ishtirokchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.


Ekspozitsiya O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi, xalqaro hamkorlikning kengayishi va ishlab chiqarishdan tortib qadoqlashgacha bo‘lgan sohadagi yangi tendensiyalarni aks ettirdi. Ko‘rgazmada mamlakatimizning eksport salohiyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.


Xorijiy ishtirokchilar ulushi 93 foizni tashkil etib, Belarus, Germaniya milliy pavilyonlari, Rossiya, Koreya, Eron va Shri-Lanka jamoaviy stendlari bilan ishtirok etdi. Unda Xitoyning 185 ta kompaniyasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Mehmonlar oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar, innovatsion texnologiyalar va qadoqlash yechimlarini ko‘rdi.