foto:TIV
5-may kuni Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tadi, dedi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ushbu dialogdagi hamkasblari bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha.
5-may kuni Samarqandda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi (KADHK) sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Bu haqda u “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.
KADHK tarkibiga Fors ko‘rfazida joylashgan oltita arab davlati kiradi: Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Bahrayn, Ummon va Qatar.