Qarshi shahrida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holati fosh etildi

17.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.S. fuqaro A.T.ga tegishli “Shayxali” MFY hududidagi xonadonda juvoz uskunasida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan umumiy bahosi 112,1 mln so‘mlik iste’molga yaroqsiz 420 litr yog‘, 157 kg chigit, 650 dona yorliq, 405 dona har xil o‘lchamli yelim idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

photo_2025-04-11_12-34-48

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.