Saudiyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarimfinalida O‘zbekiston KXDR darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi.
Islom Ismoilov shogirdlari 20 aprel kungi finalda mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Kubogi U-17. Yarimfinal O‘zbekiston — KXDR 3:0
Gollar: Sadriddin Hasanov (31), Jamshid Rustamov (62), Abubakr Shukurullayev (65).
O‘zbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov, Muhammad Habibullayev (Azizbek Abdumo‘minov, 77), Sayfiddin Sodiqov (Jamshid Rustamov, 46), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Shukurullayev (Farid Abdullayev, 77), Azizbek Erimbetov, Asilbek Aliyev (Nurbek Sarsenbayev, 61).
Chetlatish: Kang Myon Bom (41).