Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

19.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Sergey Lavrov

22−23-aprel kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Tashrif davomida Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan batafsil muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Asosiy e’tibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga qaratiladi. Jumladan, Rossiya-O‘zbekiston keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalariga qaratiladi, deyiladi xabarda.