Toshkent metrosi kunlik foydalanuvchilari soni 780 mingga yetdi

22.04.2025 00:00 O'zbekiston 6

metro.pik

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida Toshkent metropoliteni orqali 70,2 million yo‘lovchi tashilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,2 million nafarga ko‘p.

Shu yilning 1-choragida kunlik o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni 780 ming nafarga yetgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,6 foizga oshgan.