Italiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

22.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Jorjıa Melonı

foto:Google ımages

Uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni 25-26 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Italiya hukumati veb-sayti xabar berdi. Tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek Jorjia Meloni 26-27 aprel kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan Qozog‘istonda ham bo‘lishi kutilmoqda.

27 aprel kuni Ostona shahrida birinchi «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti bo‘lib o‘tadi.