Turizm qoʻmitasida “AirAsia X” aviakompaniyasi raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan aviareyslarni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Muzokaralarda joriy yil oktabr oyidan boshlab Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yoʻnalishida muntazam reyslarni haftasiga uch marotabadan amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchinchi mamlakatlarga bogʻlovchi reyslar, jumladan, “Umra+” dasturi doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi hamda Malayziya tomoni Oʻzbekistonni madaniy va diniy turizm yoʻnalishida istiqbolli mamlakat sifatida koʻrayotganini bildirdi.