Samarqandda 4 holatda uylarning konstruksiyasiga shikast yetkazilgani aniqlandi

25.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida yuqoridagi holatlar maʼlum boʻldi.

samb5b5ab064d24e423925043f070c2d02f0425

Xususan, Samarqand shahrining Rudakiy koʻchasida joylashgan 179-“A” sonli koʻp qavatli uyning tom qismida oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu qurilish koʻp qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan boʻlib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin.

Holat viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinib, oʻzboshimchalik bilan olib borilayotgan qurilish bartaraf etildi.