Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.C.” MCHJga mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy ovqatlanish shoxobchasidagi elektr jihozlarini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 250 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.