Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi

28.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.N." MCHJ rahbari B.X. “A.Temur” ko‘chasidagi savdo do‘konida kirim hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 492,8 mln so‘mlik 2 203 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

photo_2025-04-26_11-51-42

Shu kabi, Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Ya. (muqaddam sudlangan) boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, qo‘lbola usulda tayyorlangan 588 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida Qo‘ng‘irot tumaniga olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.