Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

29.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

Joriy yilning 25-27 aprel kunlari O‘zbekiston poytaxti yana go‘zallik, nafosat va mahorat maydoniga aylandi – bu yerda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Turnirda 26 davlatdan 98 nafar eng yaxshi sportchilar Toshkentda jam bo‘lib, tomoshabinlarga chinakam sehr – nafis harakatlar va eng yuqori darajadagi sport tayyorgarligi uyg‘unligini taqdim etdi.

photo_2025-04-25_22-00-39

Ochilish marosimida ishtirokchilarni oliy martabali mehmonlar: O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro gimnastika federatsiyasi texnik qo‘mitasi a’zosi Alua Bekturova va boshqalar qutlashdi.

photo_2025-04-25_22-00-40


Sport vaziri o‘z nutqida bunday keng ko‘lamli xalqaro turnirning Toshkent shahrida o‘tkazilishi alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, unda nafaqat dunyoning eng kuchli sportchilari, balki amaldagi Olimpiya chempionlari – germaniyalik Darya Varfolomeyev va Xitoy terma jamoasi guruh mashqlarida ishtirok etganini alohida ta’kidladi.

Ishtirokchilarning saviyasi shu qadar yuqori ediki, g‘oliblarni oldindan aytib bo‘lmaydi.
Chempionatning yakuniy kunida o‘tkazilgan bellashuvlarda O‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etib, birin-ketin medallarni yurtimizga taqdim etishdi.

Jumladan birgina Taxmina Ikromovaning o’zi ushbu musobaqada 5 ta medalni qolga kiritdi. Ko’pkurash, xalqa  yo’nalishlarida 1-o’rin, top va lenta mashqlarida 2-o’rinni, bulavada 3-orinni egalladi.

photo_2025-04-26_23-06-22

photo_2025-04-27_14-49-47

5 lentali guruh mashqlari ham muxlislarga yorqin lahzalarni taqdim etdi. Unda Xitoy terma jamoasi 24.55 ball bilan birinchi o‘rinni band etishdi. Bu borada Polsha ikkinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, Qozog‘iston va O‘zbekistonlik sportchilar keyingi o‘rinlardan joy olishdi.

photo_2025-04-27_14-50-30

photo_2025-04-27_14-50-49

Turnirning to‘liq natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Ko‘pkurash
Shaxsiy mashqlar.
🥇Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 112,25
🥈Daria Varfolomeev (Germaniya) - 112,25
🥉Liliana Levinska (Polsha) - 108.30

Guruh mashqlari.
🥇Polsha - 47,90
🥈O‘zbekiston - 47,40
🥉Xitoy - 46,60

Final.
Shaxsiy mashqlar. Halqa
🥇Taxmina Ikromova (O'zbekiston)
🥈Anastasiya Sarantseva (O'zbekiston)
🥉Dariya Groxotova (AIN)

To'p
🥇Darya Varfolomeev (Germaniya) - 29.35
🥈Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 28.70
🥉Anastasiya Sarantseva (O'zbekiston) - 27.45

Bulava
🥇Darya Varfolomeev (Germaniya) - 30.00
🥈Anastasiya Sarantseva (O'zbekiston) - 28.30
🥉Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 27.50

Lenta
🥇Daria Varfolomeev (Germaniya) - 29.05
🥈Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 28.50
🥉Anastasiya Simakova (Germaniya) - 27.40

Guruh mashqlari. 5 ta lenta
🥇Xitoy - 24.55
🥈Polsha - 23.00
🥉Qozog'iston - 22.20
4. O‘zbekiston – 21.25

3 to'p + 2 halqa
🥇Polsha — 25.10
🥈Xitoy - 24.95
🥉O‘zbekiston — 24.30

Jahon kubogi yakunida yorqin gala-kontsert bo‘lib o‘tdi. Turnir ishtirokchilari har biri haqiqiy san'at asariga aylangan ajoyib ko'rgazma raqamlarini taqdim etdilar. 

photo_2025-04-25_22-00-34