O‘zbekistonda 1-maydan joriy etilishi kutilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari tizimi keyinroq, zarur nizomlar tasdiqlanganidan keyin joriy etiladi, deya xabar qildi IIV YHXX.
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi 1-maydan boshlab kuchga kirmaydi.Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.
“Tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi”, — dedi Yo‘ldoshov.