O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarlik qilmoqda. Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha idoralararo guruhning yig‘ilishi 29 apreldan boshlanadi.
28 aprel kuni O‘zbekiston vazirlik va idoralari delegatsiyasi bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligida Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, tashqi ishlar, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari kiritilgan. Tashrif doirasida asosiy tadbirlar – 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
TIV rahbaridan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berish so‘ralgan.