AQShdan deportatsiyalangan o‘zbekistonliklar uchun charter reys yuboriladi

30.04.2025 00:00 O'zbekiston 4

samolet

AQShdagi 100 dan ortiq noqonuniy o‘zbekistonlikni vatanga qaytarish uchun Nyu York — Toshkent yo‘nalishida maxsus reys tashkil etildi. Avval markaziy osiyolik migrantlar Panama va Kosta Rika orqali olib kelingan. O‘zbekiston TIV charter fuqarolar huquqlariga maksimal hurmat bilan tashkil etilganini ta’kidladi.

O‘zbekiston AQSh bilan migratsiya siyosati va fuqarolarni repatriatsiya qilish sohasida hamkorlikni faol kuchaytirmoqda, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov.

Oldin erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida AQShda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan va deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish maqsadida 30-aprel kuni Nyu York — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reys tashkil etiladi.

“Mazkur repatriatsiya tashabbusi xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, xalqaro me’yorlar, majburiyatlar va inson huquqlari doirasida amalga oshiriladi. Gap viza talablarini buzgan yoki AQShda qonuniy qolish muddati tugagan fuqarolar haqida bormoqda”, — deyiladi xabarda.

TIVning ta’kidlashicha, bu qadam O‘zbekistonning migratsiya oqimlarini tartibga solish, xorijdagi fuqarolarni huquqiy himoya qilish, ijtimoiy-huquqiy moslashuvi, o‘z vataniga xavfsiz va insonparvarlik bilan qaytishini ta’minlashga qaratilgan kompleks siyosatning bir qismi hisoblanadi.

“O‘zbekiston o‘z migratsiya siyosatini rivojlantirishda davom etadi va fuqarolarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga intiladi”, — deb yozgan TIV