Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo mahalliy aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. U Silk Avia kompaniyasining ATR-72−600 samolyotida birinchi texnik parvozni qabul qildi. 100 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal bir oy ichida muntazam reyslar uchun ochilishi kutilmoqda.
29-aprel kuni Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo mahalliy aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi va u Silk Avia aviakompaniyasining ATR-72−600 samolyotida amalga oshirilgan birinchi texnik parvozni qabul qildi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports.
Aerodromning sun’iy sirtki qismi kapital ta’mirlandi, ya’ni uzunligi 1550 metr, eni 35 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagining butun uzunligi bo‘ylab ikki qatlamda, yurish yo‘lagi hamda ikkita ATR-72−60 samolyoti uchun to‘xtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi.
“1976-yildan buyon bugun amalga oshirilgan texnik reys aerodromning ATR-72 rusumli va quyi toifadagi havo kemalarini qabul qilish va uchirishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi”, — deyiladi Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabarida.
100 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilishi ham nihoyasiga yetmoqda. Barcha ishlar yakunlangach, bir oy ichida Sariosiyo aeroportiga muntazam reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.