Toshkentda Gretsiya elchixonasi ish faoliyatini boshladi

30.04.2025 00:00 O'zbekiston 5

Gretsiya elchisi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gretsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Paraskevi Tzevelekning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Gretsiya elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz”, — deb yozadi vazir.

Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildi.