Huawei kompaniyasi AKT sohasi mutaxassislariga mo'ljallagan Digital Week 2025 haftaligini o‘tkazdi. 400 dan ortiq ishtirokchilar kompaniya shourumida bo‘lib, iqtisodiyotning turli sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or texnologik yechimlar bilan tanishdilar.
Sanoat trendlari
Tadbir ishtirokchilari AKT sanoati va sun’iy intellektni qo‘llash tendensiyalarini, shuningdek, Barselonadagi Butunjahon mobil kongressi doirasida kompaniya tomonidan birinchi marta taqdim etilgan yechimlarni ko‘rish va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Huawei kompaniyasi 25 yildan ortiq vaqt davomida hamkorlikda ishlayotgan O‘zbekiston aloqa operatorlari mutaxassislarini shourumga taklif qildi. Kompaniya vakillari 5G va sun’iy intellekt davrida mobil va statsionar aloqani rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari va innovatsion yechimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mehmonlar uchun aloqa operatorlari biznesini transformatsiya qilish - abonentlarga an’anaviy aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan tortib, yangi davrda ularning foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun raqamli mahsulotlarni yaratishgacha bo‘lgan mavzuda muhokamalar tashkil etdi.
Davlat tashkilotlari va korporativ segment vakillariga iqtisodiyotning turli tarmoqlari va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli transformatsiyaning yaqqol global misollari taqdim etildi.
Ishonchli bulutli infratuzilma, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlarisiz raqamli transformatsiyani amalga oshirib bo‘lmasligini hisobga olgan holda, Digital Week ishtirokchilariga ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish bo‘yicha ilg‘or yechimlar namoyish etdi.
Infratuzilma uchun yechimlar
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari uchun alohida sessiya tashkil etildi. Jurnalistlar turli sohalarda raqamli rivojlanishni jadallashtirishga yordam beradigan texnologiyalar bilan amalda tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Huawei vakillari shahar infratuzilmasi uchun aqlli yechimlarni namoyish etdi. Shunday qilib, sun’iy intellekt va ko‘plab sensorlar ulangan yagona raqamli platforma yordamida real vaqt rejimida shahardagi vaziyatni kuzatish va hodisalarga tezkor javob berish mumkin. Masalan, chat-botga qulagan daraxt yoki yong‘in haqida xabar kelsa, sun’iy intellekt kameralar orqali voqeani aniqlaydi va avtomatik ravishda tegishli xizmatni yuboradi - bu maxsus yuk mashinasi bo‘lsin yoki o‘t o‘chirish guruhi bo‘lsin,farqi yo'q
Qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt sanoat miqyosida "qalampirni saralash" ssenariysini qo‘llaydi. Inson uchun zararli bo‘lgan mehnat aqlli kameralar yordamida oson avtomatlashtiriladi, ular mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri konveyer lentasida tanib oladi va saralaydi.
Ta’lim sohasida masofadan o‘qitish va masofadan boshqarish, shu jumladan tog‘-kon sanoati sohasi - masalan, og‘ir yuk mashinalarini masofadan boshqarish uchun yechimlar taqdim etilgan. Maktablarda so‘zlovchini tanib olish va unga avtomatik ravishda e’tibor qaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtotreking funksiyasiga ega interaktiv panellardan foydalanish mumkin. Shuningdek, operatsion tizim yoki telefon modelidan qat’i nazar, har qanday qurilmadan videokonferensiyalarga ulanish imkoniyati mavjud.
"Raqamli O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida Huawei yirik ma’lumotlar markazlari va ma’lumotlar omborlarini yaratish muhimligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda 760 dan ortiq davlat xizmatlari my.gov.uz portalida mavjud va keng ko‘lamli raqamlashtirish tegishli infratuzilmani talab qiladi.
Shuningdek, jurnalistlarga Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi asosiy loyihalari taqdim etildi. Mamlakat Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib 5,5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi va beshinchi avlod tarmoqlari poytaxtdan tashqariga chiqib, mintaqalarni qamrab oldi. Farg‘ona viloyatida raqamli energetikani rivojlantirishda muhim qadam bo‘lgan quyosh energiyasini saqlash tizimi foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, Toshkentdagi IT-parkda bir vaqtning o‘zida yuqori tezlikda sakkizta elektromobilga xizmat ko‘rsata oladigan FusionCharge quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi.
AI - jurnalistlarga yordam
Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi AKT infratuzilmasi bo‘yicha mutaxassisi Reshat Boltayev "OAV uchun raqamli yechimlar" mavzusida taqdimot o‘tkazib, sohadagi texnologik tendensiyalarni, jumladan, 4K aniqlikdagi kontentni translyatsiya qilish, bulutli xizmatlar, kengaytirilgan reallik, virtual boshlovchilardan foydalanish, tahlil va ma’lumotlarni qayta ishlashda sun’iy intellektni qo‘llash, 3D-kontent yaratish kabilarni ochib berdi. U Huawei MetaStudio‘ning bulutli texnologiyalarga asoslangan yechimi haqida gapirib berdi, u nafaqat auditoriya qamrovini oshirishga, balki joriy etilayotgan innovatsion yechimlarni monetizatsiya qilishga qodir bo‘lgan qiziqarli kontentni tayyorlash uchun vizual va ovozli modellashtirish, video yaratish, uni tahrirlash, renderlash va striming elementlariga ega studiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Huawei shtatida 208 mingdan ortiq xodim ishlaydi, ularning 54 foizi ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ishlatiladigan uskunalarning aksariyat qismini mustaqil ravishda ishlab chiqaradi va "yashil" kun tartibini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Energiya tejamkor yechimlarni joriy etish issiqxona gazlari chiqindilarini sezilarli darajada kamaytiradi - ularning ta’sirini 970 million daraxt ekish bilan taqqoslash mumkin. Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi shourumi 2016-yilda mijozlar va hamkorlarga ilg‘or texnologiyalar va yechimlarni taqdim etish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari va maktab o‘quvchilari uchun ta’lim turlarini o‘tkazish maqsadida integratsiyalashgan innovatsion markaz sifatida ochilgan. 2024-yilda kompaniyaning Toshkentdagi ofisida Huawei Experience Store ochildi, bu shourum konsepsiyasining davomi bo‘lib, foydalanuvchilarga Huawei kompaniyasining aqlli qurilmalar sohasidagi so‘nggi ishlanmalaridan xabardor bo‘lish imkonini berdi.