foto:msn.com
Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida kelgusi 3 yilda 100 ta kichik samolyot ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Birinchi samolyotni 2025 yil oktyabr oyida chiqarish rejalashtirilgan
“Navoiy” EIZ direksiyasi hamda Rossiya kompaniyasi o‘rtasida uchuvchisiz samolyot tipidagi uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Kun.uz nashriga “Navoiy” EIZ rahbari Habib Abdullayev xabar berdi.
Loyihaning umumiy qiymati 30 mln AQSh dollariga teng. Loyiha doirasida “Navoiy” EIZda kelgusi 3 yilda 100 ta samolyot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ilk samolyot 2025 yil oktyabr oyida taqdim etiladi.
Habib Abdullayevga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki ehtiyojlarni ta’minlash bilan birga boshqa davlatlarga ham eksport qilinadi.