Eldor Shomurodov “Roma”da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

03.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov “Roma”da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Hujumchi so‘rovnomada o‘z jamoadoshlaridan, jumladan Kristante, N’Dikka, Soulelarni ortda qoldirdi.

d80ba71790_uztest-2025-04-20t191730_132


"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri A Seriyaning 35-turi doirasidagi "Fiorentina"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shomurodovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Uning ta’kidlashicha, hujumchi jamoaning boshqa hujumchisi Dovbik bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi: "Dovbik va Shomurodov birga o‘ynashlari mumkin. Ular bir-biriga juda yordam berishadi. Shomurodov o‘zining muhim futbolchi ekanligini allaqachon ko‘rsatib bo‘lgan. men uni yaxshi ko‘raman, u zarhal o‘yinchi, o‘zi ham hamma narsani beradi", - degan Raneri

Aprel oyida Shomurodov “Roma” safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 29 yoshli hujumchi fevral oyida ham klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.