Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga 30 million yevro moliyaviy mablag‘ ajratishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur loyiha O‘zbekistonda turar joy binolarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan bo‘lib, ayni paytda baholash va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tomonlar mart oyida Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida hamkorlik shartnomasini imzolagan.
Loyihaga ko‘ra, Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit liniyasi va texnik yordam ajratilib, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali tijorat banklari ishtirokida yakuniy iste’molchilarga kreditlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan
Ushbu loyiha doirasida aholining energiya samaradorligi bo‘yicha xabardorlik darajasini aniqlash uchun maxsus onlayn savolnoma o‘tkazilmoqda. Savolnoma loyihaning texnik konsultantlari, Juru va AETS (Fransiya) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yig‘ilgan ma’lumotlar loyihaning iqtisodiy va texnik asoslarini shakllantirishda foydalaniladi.
Energiya samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish va uy qulayligini yaxshilashni ta’mirlash orqali amalga oshiriladi. Bunga quyidagilar kiradi:
-
devorlarga yoki tomlarga izolyatsiyani qo‘shish;
-
eski oynalarni energiya tejaydiganlarga almashtirish;
-
zamonaviy qozon yoki isitish tizimini yangilash;
-
quyosh panellari yoki samarali konditsionerlarni o‘rnatish.
Bunday ta’mirlash oylik energiya to‘lovlarini kamaytirishi, ekstremal haroratlarda uyni yanada qulay qilish va mulkning qiymati va sifatini oshirishi mumkin.