9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qatnovlar 8, 9, 10 va 11-may kunlari amalga oshiriladi. Bunda 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
Samarqand → Toshkent
-
Soat 10:55 — 13:15
Toshkent → Samarqand
-
Soat 13:56 — 16:14
15-iyundan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi.