O‘zbekistondan Moskvaga uchayotgan reyslar zaxira aeroportlarga yo‘naltirildi

07.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

samolet

O‘zbekiston aviakompaniyalarining Moskvaga parvoz qilgan bir nechta reyslari boshqa shaharlarga yo‘naltirildi. Bunga dronlar hujumi tufayli havo hududi yopilishi sabab bo‘ldi

Moskva havo hududining yopilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reyslari zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.

Yo‘naltirilgan parvozlar:

  • HY9619, Namangan-Moskva (Vnukovo) — Ufa;

  • HY9671, Toshkent-Nijniy Novgorod — Ufa;

  • HY613, Toshkent-Moskva (Vnukovo) — Sankt Peterburg;

  • HY9627, Farg‘ona-Moskva (Vnukovo) — Sankt Peterburg;

  • HY601, Toshkent-Moskva (Domodedovo) — Sankt Peterburg;

  • HY605, Samarqand-Moskva (Vnukovo) — Sankt Peterburg.

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha MFX403 reysi avval Ufada, keyin esa Sankt Peterburgda qo‘nishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

Boshqa reyslar ham kechikishi mumkin, deya ogohlantirdi tashuvchi.