2025/2026 o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi.
Shuningdek, prezident farmoni bilan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi.
Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi.
Avvalroq, Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov eskirgan sirtqi ta’lim shaklini yanada moslashuvchan va zamonaviy modellarga, shu jumladan masofaviy ta’limga almashtirish zarurligini aytgandi.
Ma‘lumot o'rnida, O‘zbekistonda 2017-yilda sirtqi ta’lim qayta tiklangan edi