Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

08.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

Mirziyoyev,jo'nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.