Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan neft-gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

14.05.2025 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni "O‘zbekiston neft va gazi" xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

c537ccfb-c23b-2031-0f47-f6ef121393fb_lists_slider_8122

Rossiyaning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.